Taniqli tahlilchi Min-Chi Kuo Apple kompaniyasining kelajak mahsulotlariga oid yangi hisobotini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone’ning birinchi buklanuvchan ekranga ega smartfoni 2023-yilda paydo bo‘ladi, deb yozmoqda “kommersant.ru”.

Ma’lum bo‘lishicha, buklanuvchan iPhone’ga QHD+ sifatni qo‘llab-quvvatlaydigan 8 dyuymli OLED-displey o‘rnatiladi. Buklanuvchan displeylarni Samsung yetkazib berishiga qaramay, Apple kompaniyasi kumush nanotola yordamida buklanuvchan konstruksiyani takomillashtirish niyatida — ushbu materialdan hozirda HomePod “aqlli” kolonkalari ekranida foydalanilmoqda.

Min-Chi Kuoning hisoblashicha, Apple’ning buklanuvchan ekranga ega bozordagi birinchi raqamli ishlab chiqaruvchiga aylanish imkoniyati bor. Prognozlarga ko‘ra, 2023-yilda kompaniya 15−20 million dona buklanuvchan ekranli iPhone taqdim etadi.

Samsung Galaxy Z Fold 2'ni yetkazib berish borasida aniq ma’lumotlar hozircha yo‘q, biroq sentabr oyidan dekabrda qadar Counterpoint Research tahlilchilari 500 mingga yaqin smartfon sotilishini prognoz qildi.

Avvalroq Spot, Apple AQSh iqtisodiyotiga $430 milliard sarmoya kiritishni rejalashtirmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edi.