Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari (OVZ) hajmi maʼlum qilindi. 2021-yil 1-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekistonning rasmiy oltin-valyuta zaxiralari hajmi $35,52 milliardni tashkil etgan. Bunda, aprel oyiga nisbatan mazkur koʻrsatkich $1,33 milliardga oshgan.

Xorijiy valyutadagi pul mablagʻlari va omonatlardagi zaxiralar Oʻzbekiston umumiy zaxiralarining $13,68 milliardini tashkil etib, bu oʻtgan oyga nisbatan $579 millionga koʻp.

Foto: review.uz

Jahon bozorida oltin narxining oshishi (pulning oltin balansini qayta baholash) tufayli oltin-valyuta zaxiralarining hajmi $1,4 milliardga oshdi, oltinni sotish esa (370 ming troy unsiya miqdorida) $700 million miqdoridagi oltin-valyuta zaxiralarining pasayishiga olib keldi.