IT Park rezidenti “Raqamli Dunyo” Oʻzbekiston Respublikasida ish bilan taʼminlash va ishga yollash muammolarini hal qilish maqsadida “MardEx” (mardex.uz) dasturini ishga tushirdilar.
“MardEx” — bu ish beruvchilar oʻz talablari va ish sharoitlarini joylagan holda kompaniyalari uchun munosib mutaxassislarini, va oʻz navbatida, mutaxassislar ish beruvchilarni topadigan mobil ilova va onlayn-maydon hisoblanadi.
IT Parkning yozishicha, “MardEx” ish bilan taʼminlash va xodimlarni qidirish jarayonini keskin soddalashtiradi, foydalanuvchilarni jonli intervyu va hujjatbozlik koʻrinishidagi keraksiz rasmiyatchiliklardan qutqaradi.
Dastur haqidagi batafsil ma’lumotni ushbu manzildan olishingiz mumkin.