Toshkent — Fargʻona — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvozlar soni koʻpaymoqda!

2021-yilning 5-iyulidan boshlab “Uzbekistan Airways” AJ Toshkent — Fargʻona — Toshkent yoʻnalishida haftasiga toʻrt marta — dushanba, chorshanba, payshanba va shanba kunlari muntazam qatnovlarni amalga oshiradi.

Toshkent — Fargʻona yoʻnalishidagi aviachiptalar 126 000 soʻmdan boshlanadi.

Toshkent — Fargʻona — Toshkent yoʻnalishida aviachiptalarni 214 000 soʻmdan boshlanadi.

Avvalroq Spot, “Toshkent-Buxoro-Toshkent” yoʻnalishida haftasiga 4 marta aviaqatnovlar amalga oshirilishi haqida xabar bergan edi.