Guruhli video konferensiyalarga qoʻshimcha ravishda ushbu yangilanish animatsiyali fonlar va xabarlarni yuborish animatsiyalari, shuningdek, yangi botlar uchun menyu tugmasi, stikerlarni import qilishning yangi usullari, hisobingni xavfsiz saqlash uchun eslatmalar va boshqalarni taqdim etdi.

Animatsiyali fonlar

Chatlar uchun animatsiyali fonlarda bir nechta rangli gradiyent fonlar algoritmik hosil qilinadi va har safar xabar yuborganingizda harakatlanadi.


Sozlamalarda yana boshqa animatsiyali fonlarni topishing mumkin. Android: Chat sozlamalari > Fonni oʻzgartirish. iOS: Koʻrinish > Chat foni.

Xabarlarni yuborish animatsiyalari

Stikerlar va emojilar endi batareyaga taʼsir qilmaydi. iOS qurilmasida bu biriktirmalar panelidan siz yuboradigan multimediaga va hatto matnli xabarlarga ham tatbiq etiladi. Siz kiritgan matn chat tomon yuborilganida ravon xabar pufakchasiga aylanadi.

iOS: yarim shaffoflik va yangi ilova ikonkalari

iOS qurilmasida endi fonlar interfeysga zamonaviy koʻrinish bergan holda chatlardagi yuqori va pastki kolontitul orqali qisman koʻrinadi.

Klassik koʻk va qora versiyalariga qoʻshimcha ravishda Sozlamalar > Koʻrinish ruknida ikkita yangi gradiyent ilova ikonkalarini tanlash mumkin:

Bot menyusi

Botlar bilan muloqot qilish soddalashdi: maxsus menyu orqali buyruqlarni koʻrish va yuborish mumkin. Bundan tashqari, endi bot tuzuvchilari kiritish maydonchasida nima yozilishi talab qilinishi tushunarliroq boʻlishi uchun buyruq uchun ishoralarni tanlashi mumkin.


Botlar yaratuvchilari endi foydalanuvchining interfeys tili va chat turi asosida oʻzgaradigan, shuningdek, faqat muayyan chatlar yoki administratorlar uchun chiqadigan buyruqlarni yaratishi mumkin.

Yangi animatsiyali emojilar
Telegram yangi animatsiyali emojilarni qoʻshdi. Har doimgidek, emojining animatsiyali versiyasini koʻrish uchun quyidagi emojilardan birini alohida xabarda yuboring:

Telegram hozircha shu yangiliklarni taqdim etdi. Guruhli video konferensiyalar — katta inqilob. Telegram oʻz uslubiga mos ravishda hammani hayron qoldirishda davom etmoqda.