Telegram navbatdagi yangilanishlarni eʼlon qildi. Unga koʻra, guruhlardagi ovozli chatlar davomida barcha qurilmalarda, jumladan, planshetlar va kompyuterlarda kamerani yoqish yoki ekranni ulashish imkonini berilmoqda. Bu ovozli chatlarni onlayn darslar, biznes uchrashuvlari va oilaviy yigʻilishlar uchun foydalanish mumkin boʻladi.

Guruhli videokonferensiyalar

Ovozli chatlar guruhli video konferensiyalarga aylanishi mumkin, bu borada videongizni yoqish uchun shunchaki kamera belgisini bosish kifoya.


Videoni butun ekranga chiqarish uchun istalgan video ustiga bosish kerak.

Ovozli chatni boshlash uchun siz administratori hisoblangan istalgan guruh profilida ⋮ menyusini bosing (iOS qurilmasida guruh profilida “Ovozli chat” tugmasini topasiz).

Hozircha chatga qoʻshilgan birinchi 30 kishiga koʻrinadi. Bu cheklov ovozli chatlar striming oʻyinlari, jonli tadbirlar va boshqalarni qabul qilishi bilan tez orada oshiriladi.

Ekranni ulashish

Kamerangizga qoʻshimcha ravishda ekraningizni yoki boshqa biror tasvirni ulashishingiz mumkin.

Ekraningizni ulashish uchun istalgan ilovada ⋮ yoki ⋯ belgisini bosing va uni menyudan tanlang.

Shovqinsizlantirish parametrlari

Telegram ovozli chatlarni hatto taom tanovul qilayotganda ham ovoz tiniq va ravshan eshitilishi uchun shovqinsizlantirish tizimini yaxshiladi. Shuningdek, zarur boʻlganda sozlamalarda shovqinsizlantirishni faolsizlantirish ham mumkin.

Planshet va kompyuter qoʻllab-quvvatlanishi

Messenjer noutbuk, kompyuter yoki planshetdagi katta ekran uchun interfeysni ham gorizontal, ham vertikal holatda ham ishlaydi. Ishtirokchilar roʻyxati va videoni ajratilgan ekran holatida koʻrish uchun yon panelni kengaytirib koʻrish kerak.

Kompyuterlardagi ovozli chatlar alohida oynada ochiladi, shu sababli, hech narsani kichraytirmasdan yozish va gapirish mumkin. Kompyuter ilovalari ekran ulashilishini tanlash funksiyasiga ega, shu sababli butun ekran oʻrniga alohida dasturni ulashish mumkin.

Telegram yana bir yangilanishni taqdim etdi. Ikkinchi yangilanish bilan mana bu sahifada tanishishingiz mumkin.