Transport vazirligining xabar berishicha, “Air India” aviakompaniyasi Oʻzbekistonga muntazam qatnovlarni bajarish uchun ruxsatnoma oldi.

Ushbu ruxsatnomaga muvofiq “Air India” aviakompaniyasi Oʻzbekistonga “Dehli — Toshkent — Dehli” yoʻnalishida muntazam parvozlarni amalga oshiradi.

Ma’lumot uchun, aviakompaniya parvozlarni Airbus 320−214 va Airbus 320−251N havo kemalarida bajaradi.

Avvalroq Spot, mazkur aviakompaniyaning “Turkiston — Toshkent — Turkiston” va “Olmaota — Samarqand — Olmaota” yo‘nalishlarida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olganligi haqida yozgan edi.