Oʻzbekistonda endilikda chiqindilarni tashib ketish sohasiga tadbirkorlar jalb etiladi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi mutasaddilari maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, chiqindilarni tashib ketish uchun tadbirkorlarga hududlarni davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilish mexanizmlari yaratilmoqda.
Xususan, maishiy chiqindilar bilan ishlash sohasida hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish boʻyicha 8 ta bitim imzolandi.

Shuningdek, 235 ta qattiq maishiy chiqindilarni koʻmish poligonlarining 42 tasi rekultivatsiya qilindi.

Maʼlumot uchun, joriy yil boshidan buyon chiqindilar bilan bogʻliq 6 913 ta qonunchilik talablari buzilish holati aniqlangan. Ushbu holatlar yuzasidan fuqarolar hamda mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy choralar qoʻllanilib, 2 mlrd soʻm miqdorida jarimalar rasmiylashtirilgan.