“Новапорт” Qozogʻiston va Oʻzbekistondagi aeroportlarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda, dedi xolding egasi Roman Trotsenko. Bu haqda “Интерфакс-Казахстан” xabar bermoqda.

2019-yilda xolding Samarqand, Namangan va Urganch aeroportlarini modernizatsiya qilish boʻyicha umumiy shartnoma imzolagan, ammo muzokaralar boshi berk koʻchaga kirib qolgandi.

Tadbirkorning taʼkidlashicha, “Новапорт” ushbu loyihalarning barchasiga kirishi ehtimoldan yiroq, ammo ularning har biriga investitsiyalar miqdori taxminan $100 mln ga baholanmoqda.

2019-yildan beri aeroport siyosati juda oʻzgargan. Joriy yil boshida Uzbekistan Airways-ni Raʼxonxon Djurayeva boshqarishga kirishgan, kompaniyaning oʻzi mamlakatdagi barcha aeroportlarning boshqaruvchisiga aylangan va ayni paytda transformatsiyaga tayyorlanmoqda.

“Новапорт” qiziqqan aeroportlarga kelsak, masalan, Samarqand allaqachon modernizatsiya qilinmoqda va u Air Marakanda boshqaruviga oʻtkazilmoqda (tendersiz).