Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasining 05.07.2021-yildagi 78k-PO-son buyrugʻiga asosan Neft-gaz geologiyasi hamda qidiruvi instituti binosi auksionga qo’yildi. Bu haqda E-aukson rasmiy saytida ma’lumot berilgan.

Inshoot davlat aktivi hisoblanib, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko’chasida joylashgan 4-qavatli binodir.

Lotning boshlang’ich narxi 54,3 mlrd so’m etib belgilangan. Arizalar 7-avgustga qadar qabul qilinadi. Savdolar 9-avgust kuni bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Spot, Prezident davlat aktivlarini xususiylashtirish to’g’risida Farmon imzolagani haqida xabar bergan edi. Unga ko’ra, davlat aktivlarlaridan tushadigan mablag’ning 87 foizi (oldin 73 fozi edi) budjetga yo’naltiriladigan bo’ldi. Shuningdek, davlat aktivlarini 1 soʻmlik boshlangʻich narxda sotish amaliyoti bekor qilindi.