Spot avvalroq, Makraziy bankning 2020-yil birinchi yarim yillik boʻyicha ichki valyuta bozori boʻyicha qisqacha sharhi haqida yozgan edi. Unda yuridik shaxslar tomonidan $7,8 mlrd miqdoridagi xorijiy valyutalar sotilganligi taʼkidlangan.
Sharhga koʻra, hisobot davrida jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali sotilgan chet el valyutasi miqdori $3,3 mlrd ni tashkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga (2020-yilda — $2,2 mlrd) oshdi.
Shu bilan birga, jismoniy shaxslar tomonidan $2,0 mlrd sotib olinib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,2 barobar (2020-yilda — 1,7mlrd) oʻsdi.
Joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida xalqaro pul oʻtkazmalari orqali respublikaga kelib tushgan valyuta mablagʻlari hajmi $3,3 mlrd ni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 barobarga oshdi.