Viloyat Innovatsion rivojlanish boshqarmasi mutaxassislari Buxoro tumanda faoliyat yuritayotgan uzumni qayta ishlash “Gala River” qo`shma korxonasiga tashrif buyurishdi. Bu haqda Buxoro viloyati Innovatsion rivojlanish boshqarmasi xabar berdi.

O’rganish davomida “Gala River” QK faoliyatini yanada takomillashtirish, sohaga innovatsiyalarni jalb qilish hamda yangi texnoligiyalarni joriy etish bo’yicha takliflar berildi.

Bugungi kunda korxona 40 ta fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlikni o‘rnatib 397 gektar yer maydonida uzumning 30 navdan ortiq turini yetishtirib, qayta ishlab, ishlab chiqilgan yarim tayyor mahsulotni Rossiya va Qozog’iston davlatlariga eksportga yo‘naltirilmoqda.

Tashrif davomida korxona tomonidan yetishtirilayotgan 55 gektar yosh uzumzor maydoni o’rganilib, mazkur uzumzor qoshida enoturizm markazi yaratilishi, organik uzumchilikni yo‘lga qo‘yish, tayyor vino mahsulotlarni saqlaydigan zamonaviy yerto‘la va ochiq osmon ostidagi restoran qurilishi rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun: iyul oyining boshida Prezident uzumchilik plantatsiyalarini ko’paytirish va vinochilik klasterlarini tashkil etish to’g’risida videoselektror o’tkazgan edi.

Shuningdek ushbu sohada davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirish jarayoni ham yo’lga qo’yilgan.