Apple iPhone 12 uchun MagSafe Battery Pack-ni taqdim etdi.

Simsiz akkumulyator magnit bilan birikadi, avtomatik ravishda quvvatlanadi, kredit kartalari yoki “brelok"larga xalaqit bermaydi.

Lightning-ni 15 Vt gacha simsiz quvvatlantirish uchun ulash mumkin. 20 Vt quvvatli adapter yordamida MagSafe batareyasi va iPhone-ning zaryadlash jarayonini tezlashtirish mumkin.

20 Vt va undan yuqori quvvatga ega USB-C adapteri va USB-C Light-ning kabelidan (alohida sotiladi) foydalanish tavsiya etiladi.

Zaryad holatini blokirovka holatida ekrandan kuzatish mumkin. Qurilma narxi $99 dan boshlanadi.

Avvalroq Spot, Apple foydalanuvchilari xohlagan turdagi mahsulot uchun Apple Pay orqali boʻlib toʻlash imkoniyatiga ega boʻlganligi haqida yozgan edi.