Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Bo’z-suv qishlog’i, Ulug’bek MFY da joylashgan, umumiy maydoni 1,51 gektar bo’lgan yer maydoni auksion savdolariga chiqarildi. Bu haqda E-auksion sayti xabar beradi.
Yer maydoni ishlab chiqarish zavodi qurish uchun mo’ljallangan bo’lib, aholidan uzoq hududda joylashgan. Hudud ichidan yuqori kuchlanishli elektr energiya tarmog’i va gaz quvurlari ham o’tgan.
Lot uchun boshlang’ich baho 1,5 mlrd so’m deb belgilangan. Arizalar 31-iyulgacha qabul qilinadi. Auksion savdolari esa 2-avgustda o’tkazilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Spot, Chorvoq (Bo'stonliq tumani) hududida sotuvga qo’yilgan bino va inshootlar haqida ma’lumot bergan edi.