Spot avval yozganidek, Turizm va sport vazirligi va Chorvoq erkin turizm zonasi direksiyasi tadbirkorlarni sayyohlar uchun eng jozibali hududlardan biriga sarmoya kiritishga chaqirgan. Buni kim oshdi savdosida dam olish joylari va yer uchastkalarini sotib olish orqali amalga oshirish mumkin.


“Gidroenergetik” lageri

  • Yer uchastkasining umumiy maydoni 2,5 gektar, bino va inshootlarning umumiy maydoni esa 1250 kv.metrni tashkil etadi. Elektr va suv bor.
  • Yangi egasi 24 oy ichida bu yerda 50 xonali mehmonxona hamda dam olish zonasini tashkil qilishi kerak.
  • Dastlabki narxi — 3,5 mlrd soʻm. Arizalar 21-iyulgacha qabul qilinadi, kim oshdi savdosi 23-iyul kuni boʻlib oʻtadi.

Nomaʼlum dam olish zonasi


  • Yer uchastkasining umumiy maydoni 0,7 gektar, bino va inshootlarning umumiy maydoni 384 kv.metrni tashkil etadi. Elektr va suv bor.
  • Yangi egasi bu erda 30 xonali mehmonxona bilan dam olish zonasini tashkil qilishi kerak.
  • Dastlabki narxi — 625,5 mln soʻm. Arizalar 21-iyulgacha qabul qilinadi, kim oshdi savdosi 23-iyul kuni boʻlib oʻtadi.

“Lingvist” lageri

  • Yer uchastkasining umumiy maydoni 2,4 gektar, bino va inshootlarning umumiy maydoni- 400,8 kv.metrni tashkil etadi. Elektr va suv bor.
  • Yangi egasi 50 xonali mehmonxona va dam olish maskanini tashkil qilishi kerak.
  • Dastlabki narxi — 625,5 mln soʻm. Arizalar 10-iyulgacha qabul qilinadi, kim oshdi savdosi 12-iyulda boʻlib oʻtadi.

“Geoburtexnika” dam olish zonasi

  • Yer uchastkasining umumiy maydoni 5,1 gektar, bino va inshootlarning umumiy maydoni- 54 kv.metrni tashkil etadi. Suv va elektr bor.
  • Bu yerda 100 xonali mehmonxona bilan dam olish zonasi tashkil qilinishi kerak.
  • Dastlabki narx — 5,7 mlrd soʻm. Arizalar 21-iyulgacha qabul qilinadi, kim oshdi savdosi 23-iyul kuni boʻlib oʻtadi.

“Yoqilgʻi quyish shoxobchasi”

  • Yer uchastkasining umumiy maydoni 0,1 gektar,bino va inshootlarning umumiy maydoni — 10 kv.metrni tashkil etadi. Suv va elektr bor.
  • Lotning boʻlajak egasi yoqilgʻi quyish shoxobchasi ishini boshlashi kerak boʻladi.
  • Dastlabki narxi — 151,2 mln soʻm. Arizalar 10-iyulgacha qabul qilinadi, kim oshdi savdosi 12-iyulda boʻlib oʻtadi.

Doʻkonlar uchun bir nechta bino
Sobiq 9-sonli doʻkon — boshlangʻich narxi 114,7 mln soʻm.
Sobiq 10-sonli doʻkon — boshlangʻich narxi 108,4 mln soʻm.
Sobiq 11-sonli doʻkon — boshlangʻich narxi 126,5 mln soʻm.

Uchala lot uchun ham ariza 10-iyulgacha qabul qilinadi, kim oshdi savdosi esa 12-iyul kuni boʻlib oʻtadi.