IT-Med jamoasi quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga mutaxxasislar izlamoqda:
1. Business Intelligence Manager (BI Manager)
Kompaniya quyidagi talablarga javob beradigan 1 — 3 yillik tajribaga ega biznes tahlilchisini izlamoqda:
- tibbiy yoki farmatsevtika sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli bo‘lish (biznes yoki marketing sohalarini bilish ham olqishlanadi);
 - rus, o‘zbek va ingliz tillarini bilish;
 - omborlarni qurish prinsiplari va yondashuvlarini bilish. Manba tizimlarini o‘rganish, ETL protseduralarini ishlab chiqish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish;
 - Microsoft SQL Server (SSIS, OLAP, Reporting Services) bilan ishlash bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish;
 - tahlilchilar va oddiy foydalanuvchilar uchun analitik vositalarni yaratishda tajribaga ega bo‘lish;
 - executive dashboards, operativ va analitik hisobotlarni yaratish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish;
 - Excel professional darajada bilish;
 - prezentatsiya namoyish etish va muzokaralar o‘tkazish ko‘nikmalari;
 - Python dasturlash tilini bilish.
 
Vazifalar:
- katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash va ularni tezkor tahlil qilish;
 - BI to‘plamini rivojlantirish uchun shakllangan funksional talablar bilan loyihani olib borish;
 - to‘g‘ri ko‘rsatkichlarni ta‘minlaydigan nosozliklarga chidamli, barqaror tizimni yaratish;
 - axborotni qabul qilish, qayta ishlash va tahlil qilish jarayonini boshqarish;
 - analitik hisobotlar va executive dashboards (Power BI) ishlab chiqishda faol ishtirok etish;
 - foydalanuvchi tajribasini doimiy ravishda nazorat qilish va vositalarni moslashtirish.
 
- Linux-Administrator
 
Jamoaga 1 — 3 yillik tajribaga ega bo‘lgan Linux-Administrator kerak, uning vazifalariga quyidagilar kiradi:
- boshqaruv va monitoring tizimini avtomatlashtirish;
 - tarmoqlarning ishlash mexanizmi, marshrutlash protokollari, VPN, firewall, DNS, DHCP, pochtani tushunish;
 - loyiha doirasida axborot tizimlari ishidagi hodisalarni hal qilish.
Talablar: - zaxira nusxasini sozlashda tajribaga ega bo‘lish;
 - Redhat 8, CentOS 8 Linux tizimlari bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lish;
 - Docker’da konteynerlash bo‘yicha ishonchli bilim, Ansible’da serverlarni boshqarish tajribasiga ega bo’lish;
 - Prometheus/Grafana yoki ularning analoglari monitoring vositalari bilan ishlash tajribasi;
 - Bash tilini bilish va scripting;
 - Freepbx 15-ni troubleshooting, sozlash va boshqarish;
 - Oracle, Postgresql ma’lumotlar bazasini administrasiyalash tajribasiga ega bo’lish;
 - Squad Proxy server+Pfsense'ni sozlash va monitoring;
 - Acronis yoki Macrium zaxira nusxalash va klonlash bo’yicha bilimga ega bo’lish;
 - serverlar, hardware va saqlash tizimlari bo’yicha bilimga ega bo‘lish.
 
- .NET Engineer
 
Ushbu mutaxassisning vazifalariga quyidagilar kiradi:
- berilgan vazifalarni tahlil qilish va baholash;
 - yangi DT funktsionalligini loyihalashtirish va dasturlash;
 - DTni kiritish va boshqa dasturiy mahsulotlar bilan to‘g‘ri o‘zaro aloqani tashkil etish;
 - DTni qo‘llab-quvvatlash va xatolarni bartaraf etishda texnik ko’mak mutaxassislariga yordam berish.
 
Talablar:
- C# tilini yaxshi bilish;
 - MS SQL Server, PostgreSQL bilish: MB tuzilishini loyihalash, SQL so‘rovlarini yozish va optimallashtirish ko‘nilmalariga ega bo‘lish;
 - OOP prinsiplarini tushunish va dasturlashga zamonaviy yondashuvlarni bilish;
 - ASP.NET core3, ASP.NET mvc5, .NET Core, ASP.NET Web Forms, Entity Framework (ORM) sohalarida bilimlarga ega bo‘lish;
 - HTML / CSS, jQuery, AJAX, JavaScript, knockout.js, Angular 2+, jQuery, bootstrap, swagger dasturlarini bilish;
 - Git versiyasini boshqarish tizimidan foydalanish tajribasi.
 - Docker bilan ishlash tajribasi ham olqishlanadi.
 
3. Biznes-tahlilchisi
Ushbu lavozimda ishlash tajribasi talab qilinmaydi.
Vazifalar:
- kompleks integratsion loyihalarda tizimli tahlil qilish;
 - foydalanuvchi interfeyslarini loyihalash va prototiplashda ishtirok etish;
 - guruh talablarini aniqlash va tahlil qilish, ularni soddalashtirish, vazifalarni belgilash, natijalarni verifikarsiyalash, natijalarni foydalanuvchilarga etkazish va ichki mashg’ulotlar;
 - tibbiy ekotizimning core va veb-dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha jamoalar — qo’shni jamoalar bilan keng kommunikasiya qatlamlari;
 - tizim foydalanuvchilari ehtiyojlarini o‘rganish va tadqiq qilish;
 - trend kuzatish hamda mahsulot va foydalanuvchilar ma’lumotlari (AppsFlyer, Amplitude) asosida gipotezalarni shakllantirish va sinovdan o’tkazish;
 - tahlilchilar jamoasi bilan birgalikda tajribalar o’tkazish;
 - analitik va data-informed qarorlar qabul qilish yondashuvi tizimlarni ishlab chiqish
 - ekonomik asoslashni ishlab chiqish.
 
Talablar:
- tizimli-anali/ biznes- tahlilchisi/loyihaviy yoki mahsulotli menejment, faqat IT sohasida emas, tibbiyot yoki farmatsevtikada bo’lgani ham olqishlanadi;
 - analitik ko’nikmalar, qarorlar qabul qilishda data-informed yondashuv;
 - xarajatlar/foyda analiz qilish qobiliyati;
 - texnologik echimlar tizimlarini tushunish;
 - texnika va usullarni modellashtirish qobiliyati;
 - ishni oxirigacha etkazish qobiliyati va istagi;
 - tez moslashish qobiliyati;
 - kommunikasiya ko’nikmalari, shu jumladan texnik mavzularda malakali yozish qobiliyati;
 - O‘ziga yuklatilgan vazifalarni puxta bajarish;
 - doim yangi narsalarni o‘rganish va rivojlanish istagiga ega bo‘lish.
 
- Senior Java Developer
 
Talab qilinadigan ish staji 1 yildan 3 yilgacha.
Vazifalar:
- Java asosidagi ilovalarni dasturlash va yaratish;
 - ilova funktsiyalarini aniqlash va jamoa bilan maqsadlarni qurish;
 - dastur tuzilmasining echim arxitekturasi talablariga muvofiqligini ta’minlash;
 - loyihani ishlab chiqishning butun tsikli davomida dasturchilar guruhiga vazifalar berish;
 - dasturchilar guruhining kodini ko’rish;
 - muammolarni bartaraf etish, otladka va kodlashda jamoaning dasturchilariga ko‘mak ko‘rsatish;
 - yozma kodning loyihaning maqsadlariga muvofiqligini ta’minlash;
 - loyihadagi boshqa guruh a’zolari bilan muammolarni hal qilish;
 - unit-testlarini o‘tkazish va integratsiya testlarida qatnashish;
 - ilovalar bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va hal qilish;
 - bajarilgan ishlar va amalga oshirilgan loyihalar bo‘yicha batafsil hisobotlarni tayyorlash;
 - loyihalar va maqsadlarni muhokama qilish uchun guruh yig‘ilishlarida ishtirok etish;
 - mahsulot chiqarilishini rejalashtirishida ishtirok etish.
 
Talablar:
- Java’da kamida 5 yillik dasturlash tajribasiga ega bo‘lish (boshqa dasturlash tillarini bilish olqishlanadi) yoki katta Java-dasturlovchi (yoki shunga o’xshash) lavozimida kamida 3 yillik tajribaga ega bo‘lish.
 - Spring Frameworkni chuqur egallash va mikro-servislarni yaratish tajribasiga ega bo‘lish;
 - buyumga yo’naltirilgan loyihalashtirish paradigmasida bo‘lgan ob’ektga yo’naltirilgan dasturlashda tajribasiga ega bo‘lish;
 - konteynerlashtirilgan sharoitida tajribaga ega bo‘lish (Docker);
 - UNIX tizimlarini asoslarini bilish;
 - muammolarni tez hal qilish va analitik qobiliyatlarga ega bo‘lish;
 - mukammal yozma va og’zaki muloqot (aloqa tillari — rus va / yoki o’zbek tilida);
 - yaxshi tashkiliy va time-menejment qobiliyatlariga ega bo‘lish;
 - jamoada ishlash qobiliyatlariga ega bo‘lish;
 - tibbiy ma’lumotlarning almashinuvi (HL7 FHIR) va saqlash / modellashtirish (openEHR) standartlarini bilish muhim ustunlikdir.
 
Ish shart-sharoitlari:
- ish kunlari dushanba-juma, soat 9:00 dan 18:00 gacha;
 - O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq ishga qabul qlish;
 - noyob tuzilishga ega bo’lgan davlat miqyosdagi yirik va qiziqarli loyihalar ustida ishlash;
 - odamlar salomatligi va hayotini saqlab qoladigan ijtimoiy ahamiyatga ega va qiziqarli mahsulot ustida ishlash;
 - ish haqi malaka darajasiga asoslanib, texnik suhbat natijalariga ko’ra belgilanadi (bayram kunlari uchun mukofot pullari va ish natijalariga ko’ra boshqa bonuslar ham mavjud);
 - teambuilding;
 - O’zbekiston hamda chet elda xizmat safarlari.
 - mutaxassis yo’nalishi bo’yicha kurslarni o’tash orqali bepul malaka oshirish imkoniyati.
 
Batafsil ma’lumot uchun: https://itmed.uz/#/ru
                                                    
											
											
											
                            
											
											
											
											