“Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Hukumat qarori (465-son, 28.07.2021-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2021-yil 1-oktabrdan avtotransportlar oynalarining tusini oʻzgartirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmati faqat Yagona inreraktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali koʻrsatiladi.
Qoraytirish ishlari avtotransport vositasi egasi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Avtotransport orqa oynasining tusini yorugʻlik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada oʻzgartirish, shuningdek, old oynasining tepa qismi tusini 14 sm dan koʻp boʻlmagan polosa shaklida yorugʻlik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada oʻzgartirish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.
Ruxsatnoma 1 yil muddatga beriladi. Ariza beruvchi tomonidan ruxsatnoma uchun toʻlov 10 kun muddatda amalga oshiriladi.
Ruxsatnoma avval berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddatigacha qayta rasmiylashtiriladi. YAIDXP orqali ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilgani uchun toʻlov undirilmaydi.
Bu to’g’risidagi qonun hujjati joriy yilning fevral oyida muhokamaga qo’yilgan edi.
“Tonirovka"ga ruxsatnoma berish yagona portal orqali amalga oshiriladi
Xizmatni taqdim etish 1-oktyabrdan boshlanadi va 1 yil muddatga beriladi.
Foto: iStock
«Spot»
- 1 590
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Kecha, 19:34 Biznes
Jarqo‘rg‘onda tadbirkorlar do‘konlari buzib tashlandi. Biznes-ombudsman holatni nazoratga oldi
Yer yoki undagi inshootlar olib qo‘yilganda mulkdorga teng qiymatdagi mol-mulk berilishi yoki zarar to‘liq qoplanishi shartligi taʼkidlandi.
Kecha, 19:21 Startaplar
Smartup platformasi IT Park Ventures’dan $1 mln investitsiya oladi
Mablag‘ funksionallikni rivojlantirish va kengaytirishga hamda xizmatni mintaqaviy bozorlarda kengaytirishga yo‘naltiriladi.
Kecha, 19:00 Iqtisodiyot
Aviagen O‘zbekistonda $40 mln evaziga parrandachilik klasterini tashkil etadi
Kompaniya ISSV bilan shartnoma imzoladi. Loyihaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 4,5 mln bosh tovuqni tashkil etadi.
Kecha, 18:43 Qiyofa
AQSH Rossiyaga qarshi sanksiyalarni olib tashlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda — OAV
Qayd etilishicha, Rossiyaga qarshi cheklov choralarini bekor qilishning ehtimoliy variantlarini tahlil qilish bo‘yicha tayyorgarlikning asosiy qismi yakunlangan.
Kecha, 17:01 Biznes
Silk Road Samarkand turizm markazida kanat yo‘li qurilishi boshlandi
Uzunligi 1700 metr bo‘lgan dor yo‘li ishga tushirilgach, soatiga 1500 nafargacha yo‘lovchini tashish mumkin bo‘ladi.
Kecha, 16:19 Biznes
Toshkentda ochiq olovda taom tayyorlaydigan ovqatlanish nuqtalari ustidan nazorat kuchaytirildi
Tozalash va tutunlarni chiqarish tizimisiz somsa va kabob tayyorlayotgan shoxobchalar faoliyati qonuniylashtirilgunga qadar vaqtincha to‘xtatiladi.
Kecha, 16:09 Biznes
Gulf ikki yil ichida O‘zbekistonda 100 ta “zapravka” ochib, aviatsiyaga $150 mln investitsiya kiritmoqchi
Kompaniya barcha hokimlardan mamlakat bo‘ylab 200 ga yaqin yoqilg‘i quyish shoxobchalarini rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflar olgan.
Kecha, 16:09 Moliya
Dollar kursi ko‘tarildi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 37 so‘mga oshib, 12 169,41 so‘mni tashkil etdi.
