Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish toʻgʻrisida"gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari toʻgʻrisidagi Prezident qarori (PQ-5202-son, 29.07.2021-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Nukus shahrida “Yosh olimlar akademiyasi” hamda yosh olimlar, startap loyihalar egalari, tadqiqotchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Yoshlar texnoparki tashkil etiladi.
Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi huzurida oʻsimliklar urugʻlari genbanki bilan ta’minlangan laboratoriya, biznes-akselerator oʻquv markazi ochiladi.
Yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan oʻsimlik va hayvonot dunyosi ob’yektlari elektron xaritalanib, ma’lumotlar bazasi yaratiladi.
Shaxslarning yuzi boʻyicha aniqlash texnologiyasi joriy etiladi.
Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib avtonom ichimlik shoʻr suvni tuzsizlantirish texnologiyasi ishlab chiqiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2,5 ming gektar maydonda paxta, gʻalla, kunjut, makkajoʻxori va chorva ozuqasi ekinlarini sugʻorishda yomgʻirlatib sugʻorish tizimi joriy etiladi.
Sinov laboratoriyalari modernizatsiya qilinib (oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi, elektrotexnika, yengil sanoat), namunalarni laboratoriyaga yetkazish boʻyicha logistika xizmati yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, shoʻrlangan tuproqlar ball bonitetini aniqlash maqsadida oliy ta’lim muassasalararo kompleks biokimyoviy tahlil markazi tashkil etiladi.
30 iyul 2021, 11:02
Biznes
Texnologiyalar
Nukus shahrida “Yosh olimlar akademiyasi” hamda Yoshlar texnoparki tashkil etiladi
Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi huzurida oʻsimliklar urugʻlari genbanki bilan ta’minlangan laboratoriya, biznes-akselerator oʻquv markazi ochiladi.

Foto: Eldos Fazilbekov / Spot
«Spot»
- 384
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Kecha, 20:47 Startaplar
Tilmoch onlayn tarjimoni $150 ming investitsiya jalb qildi
Shundan AloqaVentures $60 ming, Yoshlar Ventures $50 ming hamda IT Park Ventures $40 ming sarmoya kiritdi.
Kecha, 20:25 Iqtisodiyot
Markaziy bank 9 ta bank, 6 ta mikromoliya tashkiloti va 4 ta lombardni jarimaga tortdi
Shuningdek, 14 ta bank va 2 ta to‘lov tashkiloti sanksiyalar borasida ogohlantirildi.
Kecha, 19:49 Iqtisodiyot
Avstraliya kompaniyasi Xorazmda $820 mlnga aviatsiya yoqilg‘isi va yashil dizel ishlab chiqarmoqchi
Shuningdek, Janubiy Koreya investitsiyasi hisobidan Urganch tumanida chiqindi yoqish orqali elektr olish loyihasi amalga oshiriladi.
Kecha, 19:14 Iqtisodiyot
Toshkentda yana bir uzluksiz ishlaydigan gastronomik ko‘cha ochildi
O‘zbekiston ovozi ko‘chasining uzunligi 2,1 kmni tashkil etadi. Hududda savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari soni 123 taga yetdi.
Kecha, 19:13 Iqtisodiyot
Dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi? Ro‘yxat
Haftaning shanba va yakshanba kunlari jami 20 ta bank tomonidan valyuta ayirboshlash hamda pul o‘tkazmalari amalga oshiriladi.
Kecha, 18:41 Biznes
“Osonga investorlar kelmoqda”: to‘lov xizmati Farhod Mahmudovdan xolding kompaniyasiga o‘tadi
Besh mamlakatdagi operatsion kompaniyalar Farhod Mahmudov va investorlar hamkorligida egalik qiladigan xolding tarkibiga o‘tkaziladi.
Kecha, 18:00 Ta'lim
Xorijda ta’lim: Germaniyada DAAD ERP granti asosida tahsil olayotgan Shahrizoda Islomova hikoyasi
Spot DAAD ERP stipendiyasi asosida tahsil olayotgan Shakhrizoda Islomova bilan dastur va unga hujjat topshirish, intervyudan o‘tish jarayonlari, shuningdek, Germaniyada ta’lim tizimi hamda yashash imkoniyatlari borasida suhbatlashdi.
Kecha, 17:17 Texnologiyalar
Apple Yevropada AirPodsning tarjima funksiyasini chekladi
Qayd etilishicha, kompaniya pauzadan xizmatni takomillashtirish va uni Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga to‘liq moslashtirish uchun foydalanadi.