Telegram asoschisi Pavel Durov oʻzining kanalida Apple va Google kompaniyasining messenjerga bosimi haqida post qoldirdi.

“Telegram odamlarga boshqa ommabop ilovalarga qaraganda koʻproq soʻz erkinligini beradi”, — deb boshlanadi Durovning xabari.

Uning soʻzlariga koʻra, na aksiyadorlar, na reklama beruvchilar messenjerni asossiz senzura joriy qilishga majburlay olmaydi. Biroq uning qoʻshimcha qilishicha, xizmat banklar va aloqa operatorlaridan tortib Apple va Google kabi texnologik kompaniyalarga bogʻliq.

Ikkala kompaniyaning ham ilovalar doʻkoni platformalarni mahalliy qonunlarga, xususan, kontent tarqatish toʻgʻrisidagi qoidalarga moslashtiradi. Shu sababli, Telegram iOS va Android foydalanuvchilari uchun ochiq boʻlishi uchun oʻz ekotizim qoidalariga amal qilishi shart.

Durovning soʻzlariga koʻra, Telegram har qanday hukumatning senzura talablariga qarshi turishga doim tayyor. Biroq hozircha u texnologik kompaniyalarga qarshi kurashni toʻgʻri qaror deb hisoblamaydi.

“Apple va Google-ning qoʻllovisiz mahalliy regulyatorlar bilan boʻladigan har qanday kurashda magʻlub boʻlish deyarli aniq”, — dedi Telegram asoschisi.

Telegramni ilovalar doʻkonidan olib tashlashsa, foydalanuvchilar uni oʻrnatolmaydi yoki yangilay olmaydilar. Hukumatlar uchun Telegramning saytidan toʻgʻridan-toʻgʻri yuklab olishni blokirovka qilish “bir necha daqiqali masala”.

Pavel Durovning taʼkidlashicha, Eron muxolifatni axborot tarqatish platformasidan mahrum qilishni talab qilganida, Telegram 40 million foydalanuvchini emas, haqiqatni — blokirovkani afzal koʻrdi. Messenjer 2018-yilda Rossiya hukumatining blokirovka qilish xavfi ostida shifrni oshkor qilish talablariga javoban shunga oʻxshash ishni qilgandi.

Ammo bu safar 50 mln rossiyalik bu mamlakatda soʻz erkinligini saqlashda eng manfaatdor boʻlgan Telegram platformasidan foydalanish imkoniyatini tanlagan, deydi milliarder.

“Baʼzilar Telegramni 100% har kimdan mustaqil boʻlishini va Apple, Google va barcha mamlakatlar qonunlarini eʼtiborsiz qoldirishni xohlashadi. Men ham shunday boʻlishini xohlardim, lekin biz boshqa voqelikda yashayapmiz “, — dedi Durov.

Telegram asoschisi, post davomida soʻz erkinligi bozorida Apple va Google oligopoliyasining xavfi, shuningdek, butun dunyoda senzura kengayishi haqida avval ham ogohlantirganini qoʻshimcha qildi.

Xulosa qilib aytganda, u “jamoatchilik muhokamasi uchun maksimal joy ajratishga” va dastur foydalanuvchilarining erkinligiga sodiq qolishga vaʼda berdi.