2021-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonga qiymati $100 mln ga teng boʻlgan 281,6 mln litr avtomobil benzini import qilindi. Bu haqda davlat statistika qoʻmitasi xabar bermoqda.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,2 barobarga oshgan.

Oʻzbekiston benzinni asosan Rossiya (139 mln litr), Turkmaniston (121 mln litr), Qozogʻiston (16 mln litr) va Iroqdan (3,6 mln litr) import qilgan.

Avvalroq Spot O‘zbekiston tarixida ilk bor AI-98 markali benzin ishlab chiqarish boshlanganligi haqida yozgan edi.