Respublikaning bir nechta viloyatlarida hududida joylashgan “Texnik ta`minlash va butlash boshqarmasi” MCHJning ustav fondidagi 100 foiz davlat ulushi auksionga chiqarildi.
Lot uchun boshlang’ich narx 76,4 mlrd so’m etib belgilangan.
Jamiyatning balansidagi 18,365 gektar yer uchastkasi hamda 88 754,48 kv.m. dan iborat bino inshootlar respublikamizning bir necha viloyatlarida joylashgan.
Mazkur davlat ulushini sotib olgan investorlar jamiyatning 100 foiz ulushiga nisbatan egalik qiluvchi ta’sischisi hisoblanadi. Ta’sischi jamiyatning barcha kreditorlik va debitorlik qarzdorliklari bilan birgalikda qabul qiladi.