Toshkent shahri, Mirzo-Ulug'bek tumani, Sh. Burxonov MFYda joylashgan, ikki qavatli xizmat ko’rsatish binosi sotiladi. Bu haqda “e-auksion” saytida xabar beriladi.
Binoning umumiy maydoni 1588 kv. kmni tashkil etadi. Inshootlar 2009-yilda qurib bitkazilgan. 24 xonadan iborat.
To’yxona uchun boshlang’ich narx 26,9 mlrd so’m deya belgilangan. Binoda barcha elektr va suv tarmoqlari qulayliklari mavjud.
Arizalar 9-noyabrgacha qabul qilinadi.