O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvi davomida

“Poytaxtga investitsiya va ilg‘or texnologiyalar, eng nufuzli xalqaro kompaniyalarni keng jalb qilish uchun kelgusi yili „Toshkent xalqaro investitsiya forumi“ o‘tkaziladi. Bu orqali qo‘shimcha 10 milliard dollar investitsiyalarni jalb qilish imkoniyati yaratiladi” , — dedi.

Umuman, Toshkent shahrida keyingi besh yilda 14 milliard dollarlik 2 mingga yaqin investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 250 mingta yangi ish o‘rni tashkil etiladi.

Toshkent shahri atrofida “sanoat belbog‘i” tashkil qilinib, Bektemir, Sergeli, Yashnobod va Yangihayot tumanlari yuqori daromad keltiruvchi sanoat tarmoqlariga moslashtiriladi.

Ushbu tumanlarda 4 ta texnopark tashkil etiladi va 5 milliard dollarlik loyihalar doirasida 80 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.