Bir necha kun ilgari Spot Yakkasaroy tumani Nukus va Bobur koʻchalari kesishmasida joylashgan bino auksionga qoʻyilganligi haqida xabar bergan edi.

“E-auksion” portalida ushbu tumanda joylashgan yana bir bino sotuvga qoʻyilganligi haqida eʼlon joylashtirildi. Lot 2015-yilda qurilgan, bino 4 qavatdan iborat boʻlib, avval biznes markaz sifatida foydalanilgan.

Binoning umumiy maydoni 2884 kv.metrni tashkil etadi. Elektr, suv va kanalizatsiyaga tarmogʻiga ulangan.

Lotning boshlangʻich narxi 37,3 mlrd soʻm boʻlib, arizalar shu yilning 30-noyabriga qadar qabul qilinadi. Savdolar esa 12-dekabr kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Auksionda ishtirok etish niyatidagi shaxslar batafsil maʼlumotni ushbu havoladan olishlari mumkin.