Yakkasaroy tumani Nukus va Bobur koʻchalari kesishmasida joylashgan bino auksionga qoʻyildi. Lot 2015-yilda qurilgan, 4 qavat bino va 75 ta xonadan iborat.

Binoning umumiy maydoni 4075 kv.metrni tashkil etadi. Elektr, suv va kanalizatsiyaga tarmogʻiga ulangan.

Lotning boshlangʻich narxi 46,5 mlrd soʻm boʻlib, arizalar shu yilning 24-noyabriga qadar qabul qilinadi. Savdolar esa 26-noyabr kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Bino avval ofis sifatida foydalanilgan. Rasmlarda binoda rekonstruksiya ishlari davom etayotganini koʻrish mumkin.

Auksionda ishtirok etish niyatidagi shaxslar batafsil maʼlumotni ushbu havoladan olishlari mumkin.

Avvalroq Spot Toshkentdagi restoran 42,75 mlrd soʻmga auksionga qoʻyilganligi haqida yozgan edi.