Chilonzor tumanida joylashgan “Dubai Restaurant” savdo va umumiy ovqatlanish masjmuasi auksionga qoʻyildi. Lot 2017-yilda qurilgan, yertoʻla, 2 qavat bino va 26 ta xonadan iborat.

Binoning umumiy maydoni 2145 kv.metrni tashkil etadi. Elektr, gaz, suv va kanalizatsiyaga ega.

Lotning boshlangʻich narxi 23,8 mlrd soʻm boʻlib, arizalar shu yilning 17-avgustiga qadar qabul qilinadi. Savdolar esa 19-avgust kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Bino uning ichida joylashgan barcha uskuna va jihozlar, inventar hamda asosiy vositalar bilan sotiladi.

Auksionda ishtirok etish niyatidagi shaxslar batafsil maʼlumotni ushbu havoladan olishlari mumkin.