O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.

17-sentabrdan amal qiladigan Amerika valyutasining rasmiy kursi 11 797,46 so‘m etib belgilandi. Savdo kuni davomida kurs 22 so‘m 54 tiyinga oshdi.

15-sentabr kuni dollar kursi 55 tiyinga pasayib, 11 765,21 so‘mni tashkil qilgan edi. Bungacha, 11-sentabr kuni kurs 17,71 so‘mga arzonlab, 11 765,76 so‘mga pasaygan.

Valyutalar kursining o‘zgarish dinamikasi hamda banklardagi valyuta kurslari bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.

2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga xorijdan $9,3 mlrd pul o‘tkazmalari kelib tushdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13% ga ko‘p.

Ushbu davrda mamlakatdan $1,33 mlrd mablag‘ yuborilgan bo‘lib, xalqaro pul o‘tkazmalarining ijobiy saldosi qariyb $8 mlrd ni tashkil etdi. Bundan tashqari, aholi banklarga sotgan xorijiy valyuta hajmi sotib olganidan $5,5 mlrd ga ko‘proq bo‘ldi.