17-noyabr kuni Apple mijozlarga kompaniyaning original qismlari va asboblaridan foydalangan holda qurilmalarini mustaqil ravishda taʼmirlash imkonini beruvchi Self Service Repair dasturini eʼlon qildi. Apple uni 2022-yil boshida AQShda, yil davomida esa boshqa qator mamlakatlarda ishga tushiradi.

Dastlab, taklifdan faqat iPhone 12 va iPhone 13 liniyalaridagi smartfon egalari foydalana oladi. Keyinroq kompaniya M1 chipli Mac kompyuterlarini, jumladan, MacBook Air, 13 dyuymli MacBook Pro, Mac mini va 24 dyuymli iMac uchun oʻz-oʻzini taʼmirlash komponentlarni taqdim etadi.

Apple mijozlari asl taʼmirlash qismlarini onlayn xarid qilishlari mumkin boʻladi. Onlayn doʻkonda 200 dan ortiq ehtiyot qismlar va asbob-uskunalar taqdim etiladi.

Birinchi bosqichda mijozlar smartfonlar uchun ekranlar, kameralar va akkumulyatorlarni xarid qilishlari mumkin boʻladi. Kelajakda boshqa komponentlar sotuvga chiqariladi.

Apple qurilma egalariga uy sharoitida taʼmirlash boʻyicha batafsil koʻrsatmalar beradi. Kompaniya AQShda dastur ishga tushirilgandan keyin ularni oʻz veb-saytida eʼlon qiladi.

Agar taʼmirlash jarayonida qurilmani shikastlamasa, oʻz-oʻzini taʼmirlash mahsulot kafolatini bekor qilmaydi. Shu bilan birga, Apple mazkur dastur elektron qurilmalarni taʼmirlashda tajribaga ega odamlar uchun moʻljallanganligini taʼkidladi.