Oʻzbekistonda oltita xususiy bandlik agentligining litsenziyalari 10 kun muddatga vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 7-dekabrdagi tegishli qarorlari bilan vazirlik huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasida BHMning 8500 baravari miqdoridagi mablagʻni zaxira sifatida toʻldirmagani sababli quyidagi xususiy bandlik agentliklarining litsenziyalari vaqtincha toʻxtatilgan:

  • Mirai recruitment agency xususiy bandlik agentligi MChJ;
  • Reiwa xususiy bandlik agentligi MChJ;
  • Turon world cooperation xususiy bandlik agentligi MChJ;
  • Priority international xususiy bandlik agentligi MChJ;
  • Specialist group xususiy bandlik agentligi MChJ;
  • Jyonan-staff Business xususiy bandlik agentligi MChJ.

Avvalroq Spot “QULAY PUL” MChJga toʻlov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilganligi haqida xabar bergan edi.