Qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi nizom ishlab chiqildi.

Nizomga koʻra, quyidagi tadbirlar belgilanmoqda:

  • past hosilli paxta va gʻalladan qisqartirilgan, fermer va klasterlar foydalanayotgan 200 ming gektar yerni bosqichma-bosqich (2022−2025 yillarda, shundan 2022 yilda — 80 ming gektar) zaxiraga qaytarish;
  • zaxiraga olingan yer maydonlari 0,1 gektardan 1 gektargacha boʻlgan hajmlarda ijaraga beriladi, ijara muddati — 10 yil;
  • yer uchastkalarini ijaraga berishni tashkillashtirish “E-ijara” axborot tizimi va “E-AUKSION” savdo maydonchasi tizimlarida ochiq elektron tanlovlar orqali tashkil etiladi;
  • qishloq xoʻjaligi yerlari ekin ekish uchun 1 yilgacha ikkilamchi ijaraga beriladi, shartnoma ixtiyoriy tuziladi va bu shartnoma fermerni oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi.

Xabarda aytilishicha, talabgor ochiq elektron tanlovda ishtirok etishi uchun oldindan toʻlaydigan zakalat puli miqdori va taqsimlash tartibi quyidagicha: dehqon xoʻjaligi uchun — 270 ming soʻm (“Oʻzdaverloyiha”, “E-IJARA”, “E-AUKSION” “daftar"larga kiritilganlarga — bepul), fermer xoʻjaligi va boshqa yuridik shaxslar uchun yer uchastkalari tanlovida: 30 gektargacha yerda — 1,35 mln soʻm, 30−100 gektargacha yerda — 2,7 mln soʻm, 100 gektar yerdan ortiq yerda — 5,4 mln soʻm.

Avvalroq Spot dehqonchilik uchun 1 gektargacha yer ijaraga berilishi haqidayozgan edi.