10-dekabrdan “Toshkent — Buxoro — Toshkent” yoʻnalishida harakatlanadigan 770/769-sonli Afrosiyob poyezdlari juma kuni ham qatnay boshlaydi.

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ xabariga koʻra, oʻtgan bir oy davomida mazkur yoʻnalishdagi qatnovlar shanba va yakshanba kunlari amalga oshirilgan.

Endilikda 770-sonli Afrosiyob poyezdi juma, shanba va yakshanba kunlari soat 09:02 da Toshkent markaziy temir yoʻl vokzalidan harakatlanib Samarqand, Navoiy temir yoʻl vokzallarida toʻxtab oʻtadi va soat 12:47 da Buxoro 1 temir yoʻl vokzaliga yetib boradi.

769-sonli Afrosiyob poyezdi esa soat 15:02 da Buxoro 1 temir yoʻl vokzalidan harakatini amalga oshirib, soat 18:50 da Toshkent markaziy temir yoʻl vokzaliga kirib keladi.

Qolgan Afrosiyob poyezdlari oʻz harakat jadvali boʻyicha qatnashda davom etadi.

Avvalroq Spot “Toshkent — Andijon — Toshkent” yoʻnalishida qoʻshimcha poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyilishi haqida yozgan edi.