“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, “Toshkent — Andijon — Toshkent” yoʻnalishida harakatini amalga oshirayotgan 60/59-sonli yoʻlovchi poyezdi 2021-yil 9-dekabrdan boshlab qoʻshimcha ravishda haftaning payshanba kunlari ham qatnovini amalga oshiradi.

Xabarda aytilishicha, ushbu poyezd 09, 16, 23, 30-dekabr kunlari amaldagi jadval asosida Toshkent markaziy hamda Andijon temir yoʻl vokzallaridan harakatlanadi.

Avvalroq Spot dekabr oyida Rossiyadan Oʻzbekistonga 8 marotaba maxsus yoʻlovchi poyezdi qatnovi amalga oshirilishi, mazkur poyezdga faqat bir tomonga, yaʼni “Voljskiy — Toshkent” yoʻnalishiga chiptalar sotilishi haqida yozgan edi.