Majburiy ijro byurosi Yakkasaroy tumanidagi binolar majmuasi joylashgan yer uchastkasini auksion savdosiga qoʻydi.

Obyekt Qushbegi massivida, 0,74 gektar maydonda joylashgan. Suratlarga qaraganda, avtoyuvish, omborxona kafe va avtoservis mavjud.

Binolarning umumiy maydoni 4444 kv.metr, shundan foydali maydoni 3608 kv.metrni tashkil etadi. Hamma kommunikatsiyalar — gaz, elektr, suv va kanalizatsiya bor.

Lotning boshlangʻich bahosi — 10,18 mlrd soʻm. Savdo 24-yanvarga belgilangan, arizalar 22-yanvarga qadar qabul qilinadi.

Avvalroq MIB “Ilhom” teatri yonidagi binoni auksionga qoʻygan edi.