Majburiy ijro byurosi “Ilhom” teatri yonidagi binoni auksion savdosiga qoʻydi.

5 qavatli bino 0,15 gektar maydonda joylashgan. 2019-yil iyul oyida qurilgan binoning umumiy maydoni 4 429 kv.metrni tashkil etadi.

Lot tavsifida aytilishicha, binolar taʼmir talab. Suratlarga qaraganda, obyekt qurilishi toʻliq yakunlanmagan.

Lot xoʻjalik sudi tomonidan sotuvga qoʻyilgan (4−1001−2104 / 3461-sonli ijro hujjati). Bino avval sotishga harakat qilingan, ammo MIB talabiga binoan savdodan olib tashlangan.

Boshlangʻich baho — 37,32 mlrd soʻm. Arizalar 22-yanvargacha qabul qilinadi, auksion 24-yanvar kuni boʻlib oʻtadi.

Avvalroq MIB alkogol mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonani auksionga qoʻygan edi.