Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyatidagi alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zavodni auksion savdosiga qoʻydi.

Korxona Toshkent shahrining Qorasaroy mahallasida joylashgan. Binolar majmuasi 2,59 gektar maydonda joylashgan.

Binolarning umumiy maydoni 3847 kv metrni tashkil etadi. Elektr va suv bor, lekin kanalizatsiya va gaz tarmoqlariga ulanmagan.

Obyektning boshlangʻich bahosi — 22,64 mlrd.soʻmni tashkil etadi. Auksion savdosi 13-yanvar kuni boʻlib oʻtadi, arizalarni qabul qilish muddati 11-yanvargacha davom etadi.

Bino uning ichida joylashgan barcha uskuna va jihozlar, inventar hamda asosiy vositalar bilan sotiladi.

Sentyabr oyida fuqarolik sudining qarori bilan lot sotuvga qoʻyilgan (ijro hujjati 2−1004−2105 / 9259).

Avvalroq MIB Yunusoboddagi baza va idora binolarini auksionga qoʻygan edi.