“Toshkent metropoliteni” hojatxona, tibbiyot punkti haqidagi savollarga javob berdi. Unga koʻra “Chilonzor” metro bekatida tajriba tariqasida hojatxona qurish ishlari olib borilmoqda, agarda bu oʻzini oqlasa boshqa bekatlarda ham amalda tatbiq etilishi koʻzda tutilgan.
Qayd etilishicha, yerosti bekatlarida kishi sogʻligʻiga taʼsir koʻrsatuvchi bosim borligini inobatga olgan holda, barcha bekat navbatchilari birinchi yordam koʻrsatish maʼlumotiga ega va barcha bekatlarda birinchi yordam koʻrsatish uchun dori vositalari bilan taʼminlangan.
Shuningdek, zarur vaqtlarda tez yordam xodimlari chaqirtiriladi, metropolitenning “Paxtakor” va “Ming oʻrik” bekatlarida tibbiy punktlar mavjud.
Maʼlumot uchun, 2022-yil 3-yanvar sanasidan boshlab “Toshkent metropoliteni” tomonidan fuqarolar murojaatlari va takliflari uchun maxsus telegram-bot ishga tushdi.
Avvalroq Spot Toshkent metropolitenining poyezdlar harakati jadvali qayta koʻrib chiqilishi haqida yozgan edi.