«metro» tegli maqolalar

Bugun, 12:25 Transport

Toshkent metrosi uchun 70 ta yangi vagon xarid qilish rejalashtirilmoqda

Tijorat takliflari faqat Xitoyning CRRC va Rossiyaning GTR kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan.
6 oktabr 2026, 20:30 Transport 1

Toshkentda avtobus va metro uchun yangi tariflar tashish tannarxini qisman qoplaydi — poytaxt hokimi

Toshkent shahar hokimligi va Transport vazirligi avtomobil parklari xarajatlarini kamaytirish va tashish samaradorligini oshirish ustida ishlamoqda.
29 sentabr 2026, 14:06 Transport

Toshkent metrosida bir kunda 1,2 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatildi

Metropoliten 1 mln 200 minginchi yo‘lovchiga bir yil davomida jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi maxsus karta topshirildi.
22 sentabr 2026, 20:00 Transport

XDP yo‘lkira tariflarini oshirishda aholi daromadlarini hisobga olishga chaqirdi

Partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tariflar joriy etish hamda School Bus tizimida oilalarga qo‘shimcha moliyaviy yuk tushirmaslikni taklif qildi.
10 sentabr 2026, 19:58 Iqtisodiyot

Toshkentda avtobus va metro uchun yo‘l haqini 2500 so‘mga oshirish taklif qilinmoqda

Qaror loyihasiga ko‘ra, 1-oktabrdan jamoat transportida bir martalik elektron to‘lov 1700 so‘mdan 2500 so‘mga oshirilishi mumkin. Chegirmali va almashish tariflarini ham joriy etish ko‘zda tutilgan.
7 sentabr 2026, 09:48 Transport

Toshkentda bir kunda 1,46 mln transport vositasi harakatlandi

5-sentabr kuni poytaxtdagi tirbandlik darajasi 4−5 ballni tashkil etdi, avtobus va metroda jami 1,8 mln dan ortiq yo‘lovchi tashildi.
28 iyul 2026, 16:30 Transport

Chinor metro bekati 29-iyuldan qayta ochiladi

Rekonstruksiyadan so‘ng bekatdagi turniketlar soni 6 tadan 13 taga oshirildi.
17 iyul 2026, 16:47 Transport

Toshkent metrosining Yer usti halqa yo‘lidagi 14 ta bekat qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkaziladi

Qaror Turon bekatida konstruksiyaning qisman qulaganidan bir kun o‘tib e‘lon qilindi.
16 iyul 2026, 17:01 Transport

Toshkent yer usti metro bekatining tom qismi qulab tushdi, jarohatlanganlar bor

Hodisa Turon bekatida sodir bo‘lgan, buning natijasida poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatildi. Yo‘lovchilar uchun bepul metrobuslar yo‘lga qo‘yildi.
13 iyul 2026, 18:56 Transport

Toshkent metropoliteniga yana uchta yangi poyezd olib kelindi

Yil oxirigacha yana 11 ta harakat tarkibini xarid qilish rejalashtirilmoqda.
4 iyul 2026, 16:02 Biznes

Toshkentdagi yer usti metro yo‘nalishlari ostida 400 ta yangi biznes ish boshlashi mumkin

Prezident yerlarni qurilishga tayyor hujjatlari bilan auksionga chiqarish bo‘yicha Sergeli tajribasini davlat obyektlari va sanoat zonalarini sotishda ham qo‘llash bo‘yicha topshiriq berdi.
22 iyun 2026, 17:16 Transport

Toshkentning ikkita yangi metro yo‘nalishini tezlashtirilgan usulda qurish taklif etilmoqda

Texnopark — Yangi Toshkent yo‘nalishini joriy yil oxirigacha, Pushkin — TTZ liniyasini esa 2028-yil 1-sentabrgacha qurib bitkazish rejalashtirilgan.
22 iyun 2026, 12:41 Transport

Toshkent metrosi 23-iyun kuni soat 01:00 gacha ishlaydi

O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi o‘yini sabab metropoliten ish vaqti bir soatga uzaytirildi.
22 iyun 2026, 11:03 Biznes

Toshkent metrosida kelishilmagan reklama aksiyasi sababli Uklon bannerlari demontaj qilindi

Kompaniya metropoliten rahbariyatining ruxsatisiz o‘zining reklama bannerlarini o‘zgartirish uchun Inkuzart taxallusli rassomni yolladi.
25 may 2026, 10:03 Transport

2028-yilgacha Toshkent metrosining uchta bekat oralig‘idagi nosozliklar bartaraf etiladi

Qayd etilishicha, 2027-yilda yerosti tunnellarini ta’mirlash uchun tender o‘tkazilib, pudratchi tashkilot aniqlanadi.
23 may 2026, 18:50 Transport

Yangi metro liniyasi Mingo‘rik bekatidan “Ippodrom"gacha 12 km masofaga cho‘ziladi

Prezident hukumatga yil oxirigacha metro liniyasini qurish bo‘yicha loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni topshirdi.
20 may 2026, 14:35 Transport

Toshkent metrosida yo‘lkira tizimi o‘zgaradi, rahbarlikka xorijliklar jalb etiladi

2027-yildan yo‘lovchilar bosib o‘tgan masofa yoki bekatlar soniga qarab haq to‘lashi mumkin.
20 may 2026, 11:32 Qonunchilik

Toshkent metrosida avtomobillar uchun Park & Ride tizimi joriy etiladi

Tadbirkorlarga metro tonneli va bekatlarida ayrim faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.
14 may 2026, 20:01 Transport

Pushkin bekatidan TTZgacha bo‘lgan metro yo‘nalishida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda — transport vaziri

Qurilishi 1970-yillarda boshlangan metro bekatlarining eski uchastkalarini to‘liq rekonstruksiya qilish bo‘yicha uch yillik dastur qabul qilindi.
13 may 2026, 20:25 Transport

Toshkent metrosida abonement va masofaviy to‘lov tizimi joriy etilishi mumkin

Metropolitenni 2027−2035-yillarda rivojlantirish strategiyasi doirasida metro tarmoqlarini ikki barobarga kengaytirish, yangi elektrodepolar qurish va harakat tarkiblarini yangilash rejalashtirilmoqda.
Yangiliklarni o‘tkazib yubormang!
Spotda ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting