Rekonstruksiya ishlari yakunlangan Chinor metro bekati 29-iyul kuni soat 05:00 dan boshlab yo‘lovchilar uchun qayta ochiladi. Bu haqda Toshkent metropoliteni xabar berdi.
Rekonstruksiya davomida bekatning kirish va chiqish qismlari kengaytirilib, turniketlar soni 6 tadan 13 taga yetkazildi.
Shuningdek, o‘tish yo‘laklari qayta loyihalashtirilib, bekatdan bekatga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tish imkoniyati yaratildi.
Korxona ma‘lumotiga ko‘ra, rekonstruksiyadan avval bekat kuniga o‘rtacha 15 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, endilikda uning o‘tkazuvchanlik quvvati 35−40 ming nafargacha oshirilgan.
Maʼlumot uchun, ushbu bekat 13-iyundan 50 kunga yopilgandi.
Spot, avvalroq, Toshkent metrosining Yer usti halqa yo‘lidagi 14 ta bekat qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazilishi haqida yozgandi.