Toshkent metropoliteni O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi navbatdagi uchrashuvi munosabati bilan metro poyezdlari harakati jadvaliga o‘zgartirish kiritdi.

23-iyun kuni soat 22:00 da boshlanadigan uchrashuv sabab poytaxt bo‘ylab futbol muxlislarining harakatlanishi sezilarli darajada ortishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish hamda jamoat transporti xizmatlarining uzluksiz ishlashini ta‘minlash maqsadida metro ish vaqti bir soatga uzaytiriladi.

Natijada Toshkent metropoliteni 23-iyun kuni yo‘lovchilarga tungi soat 01:00 ga qadar xizmat ko‘rsatadi.

Qayd etilishicha, qo‘shimcha ish rejimi uchrashuv yakunlangach muxlislarning uylariga qulay va xavfsiz yetib borishlariga imkon yaratadi.

18-iyun kuni Kolumbiya — O‘zbekiston o‘yini munosabati bilan davlat tashkilotlarida ish vaqti soat 10:00 da boshlanishi belgilangandi.

Spot, avvalroq, Toshkent metrosida kelishilmagan reklama aksiyasi sababli Uklon bannerlari demontaj qilingani haqida yozgandi.