O‘zbekistonda 18-iyun kuni davlat tashkilotlarida ish vaqti soat 10:00 da boshlanadi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Jahon chempionatining “K” guruhi, 1-turidan o‘rin olgan Kolumbiya — O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasida bahs 18-iyun kuni soat 7:00 da boshlanadi.
Prezident matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev ertangi o‘yinni uyda, oila davrasida, nabiralari bilan tomosha qiladi.
“Prezidentimiz 18-iyun kuni barcha davlat tashkilotlarida ish vaqtini soat 10 da boshlanishini belgilab berdilar”, — dedi Sherzod Asadov.
Spot, avvalroq, Markaziy bank O‘zbekistonning JCHdagi ishtirokiga bag‘ishlangan tangalarni sotuvga chiqarishi haqida yozgandi.