Uskuna tanlash, biznes reja ishlab chiqish va loyihani moliyalashtirish — “Agrobank” Jizzax va Sirdaryoda ochgan yangi markazlarda bu xizmatlar bir joyda jamlangan. Tanlangan faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha “Loyihalar fabrikasi” bilan hamkorlikda biznes reja tayyorlanadi, “Agrobank” kreditini esa joyida rasmiylashtirish imkoniyati yaratiladi. Tadbirkorlarga uskunani ishga tushirish, undan foydalanish va keyingi texnik xizmat masalalarida ham yordam beriladi.

Uskunani sinab tanlash mumkin
Markazlarda qadoqlash, oziq-ovqat va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish, sovutish va plastmassa mahsulotlari tayyorlash uchun uskunalar namoyish etiladi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi, metall va shishaga ishlov berish, lazer texnologiyalari hamda poligrafiya yo‘nalishlariga oid uskunalar ham bor.
Tashrif buyuruvchilar uskunaning ishlashini amalda ko‘rishi, uni sinab, o‘z ehtiyojiga mosini tanlashi mumkin. Bu xarid qilishdan oldin uning imkoniyatlari va foydalanish tartibini tushunishga yordam beradi.
Tanlangan texnikaning narxi quvvati va imkoniyatlariga qarab 2 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha bo‘lishi mumkin. Qimmatroq uskunalar kerak bo‘lsa, ularni Xitoy va Turkiyadagi ishlab chiqaruvchilardan buyurtma asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish imkoniyati ham mavjud.

Biznesni rejalashtirish va moliyalashtirish
Markazda mijozlar uchun tanlangan faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha “Loyihalar fabrikasi” bilan hamkorlikda biznes reja ishlab chiqiladi. Shu tariqa uskuna tanlash loyihani rejalashtirish va unga zarur mablag‘ni aniqlash bilan birga olib boriladi.
“Loyihalar fabrikasi” — tadbirkorlarga biznes g‘oyasini aniq loyihaga aylantirish va uni amalga oshirish uchun biznes-reja tayyorlashda ko‘maklashuvchi tuzilma.
Loyihani moliyalashtirish uchun “Agrobank” kreditini markazning o‘zida rasmiylashtirish imkoniyati yaratilgan. Tadbirkor uskunani tanlash, biznes-reja tayyorlash va moliyalashtirish masalalarini bir manzilda ko‘rib chiqa oladi.

Uskunani ishga tushirish va keyingi xizmat
Texnikani yetkazib berish, o‘rnatish va ishga tushirish ishlari ham bank tomonidan tashkil etiladi. Tadbirkorlarga undan samarali va xavfsiz foydalanish o‘rgatiladi. Bunday ko‘mak ishlab chiqarish uskunasi bilan ilk bor ishlayotgan tadbirkorlarga ham mo‘ljallangan.
Ishlab chiqarish boshlanganidan keyin ham texnik xizmat va servis masalalarida amaliy ko‘mak beriladi. Shu tariqa tadbirkor uskunadan foydalanish davrida ham texnik yordam olishi mumkin.
Mahalla va xonadonlarda ishlab chiqarishga ko‘mak
“Agrobank” tomonidan bunday markazlarni tashkil etish tashabbusi hududlarda aholi va tadbirkorlarning muammo hamda takliflarini o‘rganish asosida ishlab chiqilgan. Markazlar aholining shu ehtiyojlariga amaliy yechim taklif etishga qaratilgan.
Tashabbus orqali mahalla va xonadonlarda kichik ishlab chiqarishni rivojlantirish, oilalarga o‘z yashash joyida mahsulot tayyorlash va daromad topish imkoniyatini kengaytirish ko‘zda tutilgan. Uskuna, biznes-reja, moliyalashtirish va texnik ko‘makning bir joyda tashkil etilishi shu maqsadga xizmat qiladi.
Uskunalar bilan tanishish va mutaxassislardan maslahat olish uchun markazlarga tashrif buyurishingiz mumkin.
Jizzaxdagi markaz: Sharof Rashidov tumani “Yangihayot” MFY, Paxtakor ko‘chasi 141-uydagi Agromarkaz binosida joylashgan.
Sirdaryodagi markaz: Guliston shahri “Bahor” MFY Toshkent shoh ko‘chasi 77-uyda faoliyat yuritadi.
Reklama huquqlari asosida.