2026-yil 18-noyabr kuni O‘zbekistonda 272,6 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi.
Ko‘rsatkich yilning shu kuniga nisbatan 26,2 mln kVt·soat yoki 10,6% ga ko‘p. 2025-yil 18-noyabrda 246,4 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
Ishlab chiqarilgan elektr energiyasining asosiy qismi issiqlik elektr stansiyalari (IES) hissasiga to‘g‘ri keldi. Ularda 216,8 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning shu kunidagi 216,9 mln kVt·soat ko‘rsatkichidan 0,05% ga kam.
Gidroelektr stansiyalar (GES) 19,6 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqardi. Bu 2025-yil 18-noyabrdagi 12,1 mln kVt·soatga nisbatan 62% ga ko‘p.
Quyosh elektr stansiyalarida ishlab chiqarish 48,8% ga oshib, 18 mln kVt·soatni tashkil etdi. O‘tgan yilning shu kunida ushbu ko‘rsatkich 12,1 mln kVt·soat bo‘lgan.
Shamol elektr stansiyalarida 14,7 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilgi 2,3 mln kVt·soatga nisbatan 539,1% ga ko‘p.
Blok stansiyalarda ishlab chiqarish 17,9% ga oshib, 3,3 mln kVt·soatni tashkil etdi. 2025-yilning shu kunida blok stansiyalar 2,8 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqargan.
Kichik quvvatli quyosh panellari orqali 0,3 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning shu kunidagi 0,1 mln kVt·soatga nisbatan 200% ga ko‘p.
Avvalroq Spot Markaziy bank yangi energiya tariflarini oldindan e’lon qilishni taklif etgani haqida yozgandi.