Amazon kompanoyasi hisobotini e’lon qildi. 2021 yilning toʻrtinchi choragida Amazon daromadi 9% ga oʻsib, $137,4 mlrd ni, sof daromadi esa $14,3 mlrd ni tashkil etdi. Kompaniyaning yil davomidagi daromadi 22% ga oshib, $469,8 mlrd ni, sof daromadi esa $24,9 mlrd ni tashkil qildi.

Kompaniya oʻzining reklama daromadini birinchi marta oshkor qildi. Hisobotga koʻra, mazkur daromad $31 mlrd ni tashkil etdi. Reklama hali ham Amazon umumiy daromadining kichik qismini egallaydi (taxminan 7%).

Shu bilan birga, Amazon 2021-yil noyabrida ommaga yetkazilgan Rivian elektromobillari ishlab chiqaruvchisiga kiritilgan sarmoyalar evaziga har chorakda deyarli $12 mlrd foyda oldi.

Bulutli xizmatlarning daromadi chorakda $17,8 mlrd ga, yil davomida esa $62,2 mlrd ga oʻsdi. Amazon shuningdek, 2018-yildan beri birinchi marta Prime obuna narxini yiliga $119 dan $139 ga oshirishga qaror qildi.

Avvalroq Mark Sukerberg “Meta” hisobotidan keyin “dunyodagi eng boy 10 kishi” roʻyxatidan tushib qolgan edi.