Mark Sukerberg $27 mlrd yoʻqotdi va Meta aksiyalari 25% dan koʻproqqa qulashi tufayli dunyodagi eng badavlat odamlar oʻntaligidan chiqib ketdi. Investorlar kompaniyaning hisobotidan hafsalasi pir boʻldi, unda faol foydalanuvchilar sonining kamaygani va daromadlar prognozlardan past boʻlganligi haqida soʻz yuritilgan.

Forbes Real-Time reytingi maʼlumotlariga koʻra, Meta (Facebook) asoschisi Mark Sukerbergning boyligi $27,1 mld ga (23,67% ga) kamaydi. Hozir uning boyligi $87,4 mlrd ga baholanmoqda.

Shunday qilib, Meta asoschisi endi Forbes maʼlumotlariga koʻra dunyodagi eng badavlat biznesmenlar oʻntaligiga kirmaydi. Ayni paytda Sukerberg roʻyxatning 12-qatorini egallab turibdi.

Hisobot eʼlon qilinishi chogʻida Meta aksiyalarining pasayishi tufayli Sukerberg bir oz kapitalini yoʻqotdi. Meta toʻrtinchi chorakda Facebookʼning faol foydalanuvchilari soni nafaqat oʻsmagani, balki avvalgi uch oyga nisbatan ham kamaygani haqida xabar berganidan soʻng investorlarning hafsalasi pir boʻldi. Bundan tashqari, kompaniya choraklik daromadi kutilganidan past boʻlganini maʼlum qildi. Metaʼdan keyin Pinterest (deyarli 10%), Snap (18% dan ortiq) va Twitter (taxminan 8%) aksiyalari pasayishni boshladi.

Avvalroq Meta oʻzining metaborliq 3D-avatarlarini Instagramga qoʻshgan edi.