Meta toʻrtinchi chorak va 2021-yil uchun hisobot berdi. Unga koʻra, chorakdagi daromad 20% ga oshib, $33,67 mlrd ni tashkil etdi, foyda esa 8% ga kamayib, $10,28 mlrd ga tushib ketdi. Yillik daromad esa 37% ga — $117,92 mlrd ga yetdi.

Facebook, Instagram, Messenger, WhatsApp va boshqa xizmatlardan olingan daromad $32,79 mlrd ni, operatsion daromad esa $15,89 mlrd ni tashkil etdi.

2021-yil dekabr oyida Facebook foydalanuvchilari soni 4% ga oshib, 2,91 mlrd kishini tashkil etdi. Tahlilchilar oʻsishni 2,95 mlrd gacha kutgan edi, deb yozadi CNBC. Shu bilan birga, Facebookʼning kunlik auditoriyasi 1,93 mlrd foydalanuvchidan 1,92mlrd ga qisqardi, deb yozadi The Verge.

Kompaniya 2022-yil uchun prognozini eʼlon qildi, birinchi chorakda Meta daromadi 3−11% ga oʻsishini kutmoqda, yaʼni $27−29 mlrd.

Meta prognozlarga Appleʼning iOS maxfiylik qoidalaridagi oʻzgarishlar taʼsir qilganini aytdi. CNBCning qayd etishicha, moliyaviy hisobotlar investorlarning hafsalasini pir qildi.

Avvalroq Meta oʻzining metaborliq 3D-avatarlarini Instagramga qoʻshgan edi.