Meta oʻzining metaborliq 3D-avatarlarini Instagramga qoʻshdi. Kompaniya shuningdek, barcha xizmatlarni bogʻladi — agar foydalanuvchi bitta xizmatda avatar yaratsa, u boshqalarida paydo boʻladi.

Meta oʻz xizmatlariga 3D-avatarlarni kengaytirganini maʼlum qildi, endi ular nafaqat Facebook va Messengerʼda, balki Instagramʼda ham mavjud boʻladi. Foydalanuvchilar ularni stories va shaxsiy xabarlarga joylashtirishlari mumkin.

Boshlanishiga avatarlar Kanada, Meksika va Qoʻshma Shtatlardagi foydalanuvchilar uchun mavjud boʻladi. Foydalanuvchi faqat bitta avatar yaratishi mumkin — u barcha ijtimoiy tarmoqlar va VR qurilmalarida xuddi shunday koʻrsatiladi. Metaʼning soʻzlariga koʻra, bunday avatarlar kompaniyaning metaborliq yaratish yoʻlidagi birinchi qadamlaridan biri hisoblanadi.