Qozog‘istonda yettita muassasa, Rossiyada bitta va O‘zbekistonda bir qancha loyihalar. Bu toshkentlik restorator Dmitriy Axunov tomonidan yaratilgan AKHUNOV GROUP konsalting kompaniyasi portfoliosi.

Bosh ofisi Moskvada joylashgan kompaniya MDH davlatlarining turli shaharlarida tayyor kafe, bar, restoranlarni yaratadi. O‘tgan yilning bahorida Dmitriy va uning hamkorlari Toshkentda o‘zlarining birinchi shaxsiy loyihasi — Roni Pizza Napoletana pitseriya tarmog‘ini ishga tushirishdi.

Restorator Spot nashriga bergan intervyusida mahalliy bozorning xususiyatlari, raqobatchilar, sarmoya va rejalar haqida gapirdi.


Didjeyliklar restoratorlikka qadar yo’l

11- sinfda o’zimni maktab diskotekasida didjey sifatida sinab ko’rdim. Keyinchalik bu mening birinchi kasbimga aylandi. Maktabni tamomlagacha qariyb 10 yil davomida Toshkentning tungi klublarida ishimni davom ettirganman.

Keyin klubning art-direktori lavozimigacha ko’tarilganman. 2006-yildan 2013-yilgacha shu yo’sinda ishladim. Majburiyatlarimga marosimlar o’tkazish, shou-dasturlarni tashkillashtirish, reklama va yurgizish kirar edi.

Bundan tashqari, Toshkentdagi Monaco Restaurant & Lounge Bar va Shisha Bar kabi shov-shuvli loyihalarda ijrochi direktor sifatida ishlashga muvaffaq bo’lganman. Restoran biznesiga qiziqish o’sha paytda paydo bo’la boshladi. Endi ishonch bilan ayta olamanki, men o’zimni shu sohada topganman.

Menga Ostona markazidagi “Lounge Bar Bourbon” restoranining menejeri lavozimini taklif qilishganida, men darhol rozi bo‘ldim. Birinchidan, bu professional o’sish uchun yaxshi imkoniyat edi: muassasa men ishlaganlar darajasidan ancha yuqori edi. Ikkinchidan, ular munosib ish haqini taklif qilishdi.

Ko’p o’tmay, mutaxassis sifatida men restoranni noldan ochish yoki mavjud loyihani rebrending qilishda yordam so’rab turli odamlardan so’rovlar kela boshladi. O‘shanda biz mutaxassislar jamoasini tuzgan edik, ular bilan Qozog‘istonning turli shaharlarida “Дорогая, я перезвоню” pivo restorani, “Pavlin Mavlin” sharq taomlari restorani, “Ogni” gastrobarini ishga tushirgan edik. .

Keyinchalik, Rossiyadagi yangi muassasaning boshqaruvchi hamkori sifatida harakat qilish va noldan restoran majmuasini qurish taklifi paydo bo’ldi. Yollanma xodimdan to’liq huquqli sheriklik va biznes hamkor toifasiga o’tish imkoniyati meni o’ziga tortdi. Bundan tashqari, barcha tajriba va g’oyalarimizni amalga oshirgan holda, noldan restoran majmuasini qurish qiziqarli bo’ldi.


Fоto:Yevgeniy Sorochin/ Spot

Shuning uchun, 2015-yilda men Moskvaga ko’chib o’tdim va u yerda konsalting kompaniyasi ochdim. Uni yaratish g’oyasi bir necha yil oldin Qozog’istonda paydo bo’lgan, lekin men buni Rossiyada amalga oshirdim.

Hozir AKHUNOV GROUP — bu o’z sohasi mutaxassislari va professionallarni jamoasini yig’a olgan katta kompaniya. Biz restoratorlarga Rossiya, Qozog’iston, O’zbekistonda muassasalar yaratishda yordam beramiz. Biz ko’pgina loyihalarni “под ключ” asosida amalga oshiramiz, ya’ni biz konseptsiyani ishlab chiqishdan tortib ochishgacha bo’lgan hamma narsani qilamiz.

Qozog’iston asosiy bozor hisoblanadi, chunki arizalarning aksariyati mening shaxsiy aloqalarim va ushbu mamlakatdagi katta tajribam tufayli o’sha yerdan keladi.

Toshkentdagi neapol pitsalari

O’zimga tegishli bo’lgan pitseriyani ochish g’oyasi menda 2018-yilda tug’ilgan. O’sha vaqtga kelib, men o’z loyihamni boshlash uchun yetarlicha tajriba va kuch bor edi. Men ma’lumot to’pladim va sarmoya izlay boshladim.

Ilgari loyihalarimizdan birida pitsa bilan ishlaganimda, boshqa taomlardan farqli o’laroq, uni tayyorlash oson, ko’p qirrali va eng muhimi, o’zimga juda yoqqaniga amin bo’ldim. Men ushbu mahsulotni butun dunyo bo’ylab ishlab chiqish imkoniyatini ham ko’rdim. Bu men uchun muhim, chunki men bitta restoran qurib, butun umr unda qoladiganlardan emasman.

Bundan tashqari, pizza nisbatan arzon va yuqori marjaga ega, chunki bizning modelimizda mahsulot tannarxi sanoatning o’rtacha qiymatidan ancha past. Ba’zi ingredientlarni import qilishimiz kerakligiga qaramay bu ko’rsatgich o’zgarmaydi.

Nega biz Roni’ni Rossiya yoki Qozog’istonda ishga tushirmadik? Chunki Toshkent hozirda Markaziy Osiyodagi eng tez rivojlanayotgan va raqobatdosh bozor hisoblanadi. Bu yerda talab juda yuqori, chunki odamlar uzoq vaqt davomida vakuumda bo’lgan va endi hamma yangi narsalarni sinab ko’rishga tayyor.

Rossiyada bu bir necha baravar qimmatga va xavflar ancha yuqori, raqobatchilarga qarshi kurashish uchun ko’p pul kerak bo’ladi. Qozog’istonda kvadrat metr uchun turli xil muassasalar va formatlar tufayli ajralib turish qiyinroq bo’ladi. Shu bois Toshkent Roni uchun ajoyib start deb topdim. Hozir shaharda uchta nuqta ochilgan va yaqin kelajakda tarmoqning Nur-Sultonda filiali paydo bo’ladi.

O’zbekistonda yoki Qozog’istonda biznes ochish Rossiyadagiga qaraganda osonroq. Rossiyada muassasalarga qo’yiladigan talablar ancha qattiqroq. Masalan, hammomlarni tashkil qilish uchun majburiy shartlar va ularning maydoniga qo’yiladigan talablar mavjud, O’zbekistonda bunday qoidalar yo’q.


Fоto:Yevgeniy Sorochin/ Spot

Shu bilan birga, O’zbekiston yoki Rossiya bozorlarida ishlashni foydaliroq va muvaffaqiyatliroq deb bo’lmaydi, chunki foyda umuman loyihaga bog’liq. Toshkent, Moskva yoki Nur-Sultonda bir xil byudjet, Agar muassasa konseptsiyasi va formati bozor talabiga ega bo’lsa, Toshkent, Moskva yoki Nur-Sultonda kiritlgan bir xil miqdordagi byudjet bir xil darajada o’z- o’zini qoplashga erishish mumkin.

120 kv.m dan 170 kv.m gacha bo’lgan maydonning bir nuqtasiga o’rtacha investitsiya $120−150 mingni tashkil etadi. Ronida oʻrtacha chek 120−150 ming soʻm. $150 000 gacha bo’lgan miqdor investitsiya standartlari bo’yicha kichik puldir. Yuqori marja tufayli investitsiyalarning rejalashtirilgan daromadi bir yil, maksimal bir yarim yil.

Roni savdo belgisi Moskvada ro’yxatdan o’tgan RONI FAMILY bosh kompaniyasiga tegishli. Roni-ga investitsiyalar ta’sischilarning mazmuniga qarab taqsimlanadi va u tarmoqning turli nuqtalarida farq qilishi mumkin.

RONIda mening ikkita hamkorim bor: Aleksey Juravlev va Dmitriy Ponomarenko. Aleksey, shuningdek, AKHUNOV GROUP kompaniyasida marketing direktori sifatida mening hamkorim sifatida ishlaydi. Biz Dmitriy bilan bir necha yillardan beri korxonalarimizning ichki dizayni bo’yicha samarali ishlamoqdamiz. Shuningdek, qozog‘istonlik hamkasbim va hamkorim, mashhur restoranchi Daniyar Nugumanov T.Shevchenko ko‘chasidagi Roni filialining hammuassisi hisoblanadi.

Men barcha biznes ishtirokchilarini uzoq vaqtdan beri bilishimga qaramay, bizning rollarimiz va majburiyatlarimiz aniq va professional tarzda taqsimlangan. Dmitriy ichki dizayn va u bilan bog’liq hamma narsani qiladi, Aleksey reklama va marketing bilan shug’ullanadi, men esa qolgan vazifalarni bajaraman.

Raqobat haqida

Bizning to’g’ridan-to'g'ri raqobatchilarimiz yo’q, bilvosita raqobatchilar bozorda mavjud bo’lgan barcha pitseriyalardir. Mahsulotlarimizning farqi shundaki, biz italyan unidan zamonaviy italyan pitsasini, Florensiyadan keltirilgan haqiqiy Forni Valoriani yog‘ochli pechda italyan pomidoridan foydalanib pishiramiz.


Fоto:Yevgeniy Sorochin/ Spot

Toshkentdagi ko‘plab pitseriyalarda yetkazib berishning ustuvor formati mavjud, biroq biz pitssani to‘g‘ridan-to‘g‘ri muassasalarda, pechdan turib iste’mol qilishni tavsiya qilamiz. Bizning jamoamizda uzoq vaqt davomida Moskvaning “22 santimetr” pitseriyasida ishlagan shef-pitsayolo mavjud, u Yevropaning eng yaxshi 50 pitseriyalariga kiritilgan.

Umuman olganda, bozor past raqobatbardoshdir, shuning uchun tasavvur qilish va yangi muassasalarni ochish uchun katta maydon mavjud. Odamlar yangi formatlarga qiziqishmoqda. Misol uchun, qahvaxona bozori faol rivojlanish bosqichida va “кофе с собой” formati tendensiyaga aylanmoqda.

Roni’ning “onasi” va targ’ibot haqida

Eng yaxshi targ’ibot vositasi — bu og’zaki tavsiya. Ishga tushirish bosqichida biz boshqa barcha kompaniyalar qiladigan hamma narsani qildik: bannerli reklama, SMM, biz hatto bitta mahalliy reklama agentligi bilan hamkorlikni boshladik, ammo, afsuski, biz ularga konsepsiya haqidagi tasavvurimizni yetkaza olmadik.

Keyin biz sayohatchi odamni joyimizga taklif qilishga va uni mahsulotning yuziga aylantirishga qaror qildik. Bizning Mariya miz bor, blogger va u o’zini “Roni'ning onasi” deb ataydi.

Aleksey ijtimoiy tarmoqlarning dizayni va ijodiy mazmuni uchun javobgardir, Dmitriy interyer bilan ishlaydi, barcha uchta Roni nuqtasi uning muallifligida amalga oshirilgan. Dmitriy Ponomarenko HoReCa uchun dizayn bo’yicha katta tajribaga ega, u Moskva va Londonda Pushkin va Turandotni yaratgan arxitektura byurosida ishlagan.

Rejalar

O’tgan kuzda biz Nur-Sultonda ikkita bino oldik. Hozirda u yerda taʼmirlash ishlari allaqachon yakunlangan va yaqin kunlarda Qozogʻistonda “Roni"ning birinchi filiali ochilishi boʻlib oʻtadi.


Fоto:Yevgeniy Sorochin/ Spot

Keyinchalik, biz Ronini Tyumenda ochishni rejalashtirmoqdamiz. Ehtimol mart-aprel oylarida va yil oxiriga qadar Olma-otada Roni ishga tushirishimiz mumkin. Yevropani “zabt etish” uchun ham ma’lum rejalar mavjud.