“Uzbekistan Airways” Toshkent va Frankfurt oʻrtasidagi reyslar sonini haftasiga uch martagacha oshirmoqda. Bu haqda aviakompaniya xabarida aytilgan.

Qayd etilishicha, 2022-yil 2-apreldan Toshkent — Frankfurt — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qatnovlar soni oshiriladi.

Maʼlum qilinishicha, muntazam aviaqatnovlar dushanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Maʼlumot uchun, Navroʻz munosabati bilan ichki reyslar uchun 50%li chegirmalar eʼlon qilingan edi.