Toshkent metropolitenining xabar berishicha, barcha yerusti bekatlarida harakatlanayotgan poyezdlar tezligi soat 12:00 dan 18:00 ga qadar kamaytiriladi.

Bu havo haroratining keskin isishi sababli poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Bu orada elektropoyezdlar qatnovidagi oraliq intervallar ham oʻzgaradi (ortadi).

Bundan oldin Oʻzbekistonda anomal issiq sabab poyezdlar tezligiga cheklov oʻrnatilgandi.