“Instagram” rahbari Adam Mosseri kompaniya foydalanuvchilarning ommaviy tanqidlarini inobatga olishga qaror qilganini aytdi. Yaqin ikki hafta ichida ijtimoiy tarmoq toʻliq ekranli videolarsiz avvalgi dizaynga qaytadi hamda tasmadagi tavsiya etiladigan postlar sonini kamaytiradi.

Yangi lenta dizayniga kelsak, odamlarning hafsalasi pir boʻldi. Demak, orqaga qaytishimiz va bundan keyin nima qilishimizni aniqlashimiz kerak, dedi Adam Mosseri.

Kompaniya oʻzgarishlar vaqtinchalik ekanligini va kelajakda yangilanishlarni kutish mumkinligini, lekin foydalanuvchilarning xohish-istaklarini inobatga olinishini taʼkidladi.

Mosserining soʻzlariga koʻra, soʻnggi chorakda odamlarning Reels koʻrishga sarflagan vaqti 30% ga oshgan, bu esa video formati tomoshabinlar uchun qiziqarli ekanligini va ijtimoiy tarmoq bu yoʻnalishda rivojlanishda davom etishi lozimligini anglatadi.

27-iyul kuni Mosseri foydalanuvchilarning shikoyatlariga javob berar ekan, kompaniya ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlarga qaramay, soʻnggi oʻzgarishlar “orqaga qaytish"ga sabab boʻlmasligini aytdi. Ertasi kuni “Meta” bosh direktori Mark Sukerberg hozirda “Instagram” va “Facebook” tasmalarida tavsiya etilgan postlar soni barcha kontentning 15%ini tashkil etishini, 2030-yilga borib esa bu koʻrsatkich 30% gacha oshishini aytdi.

Iyul oyi oxirida “Meta” foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoq rahbarlarini baʼzi yangiliklardan voz kechishga va “TikTokdan nusxa koʻchirishni toʻxtatishga” chaqirgan onlayn kampaniya oʻtkazdilar.